Abdumalik Xalokov jangda muddatidan oldin g‘alabaga erishib, yana finalchiga aylandi

  • 12 may, 2023, 18:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi) bilan ringga ko‘tariladi. Jang 18:35dan so‘ng boshlanadi. 

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.

Jang birinchi raundda yakunlandi. Abdumalik Xalokov raqibini zarba bilan jarohat etkazib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

Abdumalik Xalokov ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionati finaliga chiqdi. Bundan avval Serbiyadagi dunyo birinchiligida ham finalda jang qilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!