
Abdumalik Xalokov finalda g‘alaba qozonib, oltin medal va 200 ming dollarga ega chiqdi. To‘rtinchi oltin muborak!
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkaziladi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov kubalik Xorta Rodrigezga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 17:15dan so‘ng start oladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.
Dastlabki raund Abdumalik Xalokovning foydasiga - 5:0.
Ikkinchi raundda ham hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 4:1.
Uchinchi raundda Abdumalik ustunlikka erishdi. Yakuniy hisob 5:0 bokschimizning foydasiga.
Shu tariqa, Abdumalik Xalokov O‘zbekiston terma jamoasiga to‘rtinchi oltin medalni olib keldi. Shuningdek, hamyurtimiz 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Fikrlar