
Abbos Fayzullaevning ota-onasiga “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi
Guliston shahrida Navro‘z tantanalari va sayli boshlandi. Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliev tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.
Shuningdek, viloyat hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi g‘olibi, chempionatning “Eng yaxshi futbolchisi” sirdaryolik Abbosbek Fayzullaevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qildi.
Avvalroq, Davlatimiz rahbari tomonidan futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar jamoasiga 33 ta "Jentra" avtomobillari sovg‘a qilingandi.
Fikrlar