
A Seriyada yana bir murabbiy ishdan ketadi
"Jenoa" A Seriyaning 17-turida o‘z maydonida "Inter"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra genuyaliklar rahbariyati ushbu o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Tiago Mottani iste’foga chiqarishga qaror qilgan.
Tez orada klub prezidenti Enriko Pretsiozi Mottaning ishdan olinganini e’lon qiladi. Uning o‘rniga esa katta ehtimol bilan Diego Lopes keladi. U "Kalyari", "Bolonya", "Palermo" va "Penyarole" klublaridagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish.
Eslatib o‘tamiz, Motta “Jenoa” boshqaruvini 22 oktyabr kuni o‘z qo‘liga olgan edi.
Fikrlar