
A Seriya. Birinchi gol o‘tkazib yuborgan "Napoli" raqibni yanchib tashladi, Osimxendan xet-trik
A Seriya 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bellashuvda "Sassuolo" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda neapolliklar 6:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Osimxen xet-trik qilgan bo‘lsa, Kvaratsxeliya dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Rahmani ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mezbonlarning yagona goli esa Rachich tomonidan kiritildi.
Fikrlar