
Toshkentda o‘tadigan professional boks kechasining barcha juftliklari bilan tanishing
Xabaringiz bor, 5 may kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu boks oqshomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan bokschilar bilan kuch sinashadi. Jami 8 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kechaning markaziy jangida professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Vladimir Chudinovga qarshi WBC Silver kamari uchun bahs olib boradi. Jang 12 raund etib belgilangan.
Rossiyalik bokschi professional ringda 25 ta jang o‘tkazib, shulardan 21 tasida (13 nokaut) zafar quchgan bo‘lsa, yana 2 mag‘lubiyat hamda 2 durang qayd etgan.
Azizbek professional ringda 10 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hozirda bokschimiz ushbu jangga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.
Shuningdek, kechaning yana bir asosiy to‘qnashuvlaridan birida Qudratillo Abduqahharov (14-0-0, KO9) 8 raund qilib belgilangan navbatdagi jangida tanzaniyalik Tvaxa Kidukuga qarshi ringga ko‘tariladi.
Jamshid Najmiddinov (17-1-0, KO11) professional ringdagi 19-jangini gruziyalik Kaxa Avetisianini sinovdan o‘tkazadi.
Toshkentda o‘tadigan boks kechasi janglari juftliklari bilan tanishing:
№ |
Qizil burchak |
|
Ko‘k burchak |
Raund |
1 |
Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) |
vs |
Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13 -Rossiya) |
12 |
2 |
Qudratillo Abduqahhorov (14-0-0, KO9) |
vs |
Tvaxa Kiduku (12-2-1, KO7 - Tanzaniya) |
8 |
3 |
Jasur Ahmadjonov (4-0-0, KO3) |
vs |
Stevi Ongen Ferdinandus (27-14-1, KO14 - Indoneziya) |
8 |
4 |
Olimjon Nazarov (20-5-0, KO14) |
vs |
Xvicha Gigolashvili (18-26-0, KO6 - Gruziya) |
10 |
5 |
Umid Rustamov (3-0-0, KO3) |
vs |
Archil Gigolashvili (5-9-0, KO3 - Gruziya) |
8 |
6 |
Jamshid Najmiddinov (17-1-0, KO11) |
vs |
Kaxa Avetisiani (50-47-1, KO32 - Gruziya) |
6 |
7 |
Ulug‘bek Sobirov (4-0-0, KO2) |
vs |
Jiorji Ungiadze (39-35-1, KO26 - Gruziya) |
6 |
8 |
Anvar Turapov (3-0-0, KO2) |
vs |
Roy Muxlis (29-8-3, KO22 - Indoneziya) |
6 |
Fikrlar