Shvaynshtaygerning xayrlashuv o‘yini Goretskaga qimmatga tushdi

  • 29 avgust, 2018, 18:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda “Bavariya” va “Chikago Fayr” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi Bastian har ikkala jamoa tarkibida bir taymdan o‘ynadi.

Tecno

Mazkur bellashuvda esa “Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretska jarohat olgan edi. U ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi. Myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamidjich esa uning ahvoli borasida bayonot berdi.

“Biz Leonni yana bir marta tekshiruvdan o‘tkazamiz. Ko‘rinishidan jarohat jiddiy emasga o‘xshaydi. U bir necha hafta o‘ynay olmaydi”, – dedi funktsioner.

Shu tariqa, “Bavariya” safiga yaqinda kelib qo‘shilgan Goretska Germaniya Bundesligasi 2-turida “Shalke-04”ga qarshi kechadigan o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!