
Sher Mamazulunov bugun navbatdagi jangini o‘tkazadi
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Sher Mamazulunov bugun ringga chiqadi. Bu sportchimiz so‘nggi marta o‘tgan yilning dekabr oyida TNA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan TATNEFT kubogida ishtirok etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Bu jangda u 85 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Uning ushbu jangdagi raqibi rossiyalik Ruslan Kostin bo‘ladi. Kecha ushbu professional to‘qnashuvlar oldidan vazn tortish marosimi o‘tkazildi. Kechada jami 13 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Asosiy jangda (-85 kg) belaruslik kikboksing ustasi Igor Bugaenko rossiyalik taybokschi Artem Levin bilan “ACB KB” chempionligi uchun kurash olib boradi.
Fikrlar