
Sergey Lushchan: Har bir ochko oltinga teng
O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Sergey Lushchan o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Qizilqum” ga qarshi o‘ynash doimo qiyin. Jamoa tarkibida tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Qarshi xujumlardan unumli foydalana olmadik. Qiyinchilik bilan bo‘lsada mag‘lubiyatdan qutulib qoldik. Ortga yo‘limiz yo‘q. Har bir ochko oltinga teng. Agar yigitlar mana shunday o‘yinni namoyish qilishda davom etishsa o‘ylaymanki keyingi uchrashuvlarda imkoniyatlarimiz bor.
Bugun tarkibda o‘zgarish qildik. Sanjar Rashidov va Ixtiyor Toshpo‘latov, Darvidas Sernaslar zaxirada qoldirildi. Ular kuchli jihatlarga ega bo‘lsa-da ,o‘yindan kelib chiqqan holda rotatsiya qilishga qaror qildik va yoshlarga imkon berdik. Elyor safga qaytdi va biz bundan xursandmiz. Ha keyingi o‘yinni Shoxruz Norxonov o‘tkazib yuboradi. Shoxruz juda kuchli futbolchi, jamoa lideri lekin na iloj. Etakchi jamoalar ham o‘z etakchisisiz o‘yinni qo‘rayotganini kuzatayapmiz", - dedi Lushchan.
Fikrlar