
Runi: “MYu”ning hozirgi holatiga Mourino aybdor emas
“Manchester Yunayted” jamoasining sobiq sardori Ueyn Runi mankunianlarning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourinoni qo‘llab-quvvatladi.
“MYu” hozir qiyin ahvolda. Barcha tanqid Mourinoga borib tushmoqda, ammo bir necha hafta avval ham “MYu” futbolchilari yaxshiroq o‘ynashi kerakligini aytgandim. Murabbiy ko‘p narsaga javobgar, biroq maydonda futbolchilar harakat qilishadi. Bu barchaning aybi – Mourino esa nishon bo‘lib qoldi xolos, u aybdor emas.
Lui van Gal ham “MYu”da ishlaganida shunday vaziyat bo‘lgan edi. U ham ko‘plab tanqidlarga uchragan, lekin jamoadoshlarimga: “Biz o‘zimiz yaxshi o‘ynashimiz kerak” deb aytganman. Van Gal bizlarga ko‘p narsa o‘rgatdi, biroq bularning barchasini maydonga namoyish qila olmaganmiz”, – deya so‘zlari Ueyn Runi.
APL 8-turidan keyin “Manchester Yunayted” jamoasi 13 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.
Fikrlar