
Ronalduning ketishidan so‘ng, Ramos "Oltin to‘p"ga loyiq deb boshqa bir futbolchini aytmoqda
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos "Oltin to‘p-2018" sovrini Luka Modrichga loyiq ekanligini aytib o‘tdi.
- Yuqori darajadagi o‘yinga Ronaldu, Messi, Modrich ham egadir. Ularning har biri ushbu sovringa yaxshi davogardir.
2010 yilda Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganda, Xavi ham Inesta ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Shu sababdan ham joriy yilda Luka Modrich "Oltin to‘p"ga loyiq deb o‘ylayman, - deya Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Fikrlar