
Reyna "Chelsi"ga o‘tmasligini ma’lum qildi
Yaqindagina "Napoli" bilan shartnomasi tugab "Milan"ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Pepe Reyna o‘zining "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Faoliyatim davomida menga buyuk jamoalarda o‘ynash nasib etdi va “Milan” ularning biri. Men “Milan”ga kelganimdan va jamoa libosini kiyganimdan faxrlanaman.
“Chelsi”ga keladigan bo‘lsak, buning uchun avval “Milan” safida kamida 150ta o‘yinda maydonga tushishim lozim. Ana undan so‘ng bu haqda o‘ylab ko‘rishim mumkin”, - deydi ispaniyalik posbon.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Reyna faoliyati davomida "Barselona", "Vilyarreal", "Liverpul" hamda "Bavariya" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar