
"Qizilqum" ustozi: Antifutbol ko‘rsatib g‘alaba qozonishni istamagan bo‘lar edim
"Biz chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alabaga erishishni istagandik. Yigitlar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. O‘yin bo‘yicha ularga e’tirozim yo‘q. 90 daqiqa hujum qilib, bitta qarshi hujumdan gol o‘tkazib yubordik. Ikkita hujumchimiz ham so‘nggi nuqtani qo‘yishga oqsashdi. Judayam alamli mag‘lubiyat bo‘ldi
Balki o‘yinlar orasi yaqin bo‘lgani uchun tiklanish jarayoni qiyin kechgandir. Raqib esa oxirgi daqiqalarda antifutbol namoyish etdi. Bunaqa o‘yin bilan g‘olib chiqishni, shaxsan men istamasdim", - deb aytib o‘tdi Aktamov.
Fikrlar