
Politsiya "Tottenxem" futbolchisini qo‘lga oldi
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi himoyachisi Serj Ore politsiya tomonidan xibsga oldi.
Ingliz nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ivuarlik futbolchi 13 yanvar kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindan oldin qo‘lga olingan. U o‘z uyida jismoniy kuch ishlatish va zo‘ravonlikda gumonlanmoqda. Aniqrog‘i, u o‘z sevgilisini kaltaklagan bo‘lishi mumkin.
Ore bir necha soat xibsda ushlab turilgan, biroq keyinchalik aybi rasman bo‘yniga qo‘yilmagach qo‘yib yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Ore joriy mavsum “shporlar” safida 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar