
O‘zbekistonlik karatechilar Marokashdagi turnirda oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi
Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha nufuzli "Premier League" turnirida o‘zbekistonlik sportchilardan Sadriddin Saymatov va Dostonbek Otabolaevlar final janglarini o‘tkazishdi.
-60kg vazn toifasida bahs olib borgan Sadriddin Saymatov hal qiluvchi jangda turkiyalik Aykut Kayaga qarshi kurash olib bordi va g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
-75kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dostonbek Otabolaev esa hal qiluvchi bellashuvda ozarbayjonlik Rafael Agaevga qarshi bahs yuritdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik karatechilar Marokashdan oltin va kumush medal bilan qaytadigan bo‘lishdi.
Fikrlar