
O‘zbekistonda Xokkey federatsiyasi faoliyatini boshladi
Adliya vazirligi 2018 yil 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Mazkur tashkilotning asosiy vazifasi xokkey bo‘yicha sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston sport terma jamoalarini tuzish va tayyorlashda ishtirok etish, ularni xalqaro sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ta’minlashga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, yurtimizda xokkeyni rivojlantirish, targ‘ib qilish va ommaviylashtirish, shuningdek, shaxsni har tomonlama va uyg‘un kamol toptirishda uning rolini kuchaytirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish ham tashkilot muhim vazifalaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasi rahbari etib Baxtiyor Shuhratovich Fozilov tayinlangan. Adliya vazirligining “Next” savdo kompleksida joylashgan Muz saroyi federatsiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bo‘yicha tabdirda rasmiy guvohnoma topshirildi.
Fikrlar