O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi vakillari Ispaniyaga etib borishdi

  • 14 fevral, 2019, 17:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz delegatsiyasi Toshkent - Istambul - Valensiya yo‘nalishi bo‘ylab uchib, Ispaniyaga etib borishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Valensiya shahridan ular avtobusda San-Pedro-del-Pinatar shahriga yo‘l olishadi. Yig‘in aynan mana shu shaharda o‘tkaziladi. Yig‘in davomida terma jamoamiz bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!