
Mutaxassislar bu yilgi "Oltin to‘p" sovrinini kim qo‘lga kiritishini taxmin qilishdi
Dunyoning ko‘plab futbol mutaxassislari bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan asosiy futbolchilarni taxmin qila boshlashdi.
Unga ko‘ra bu safargi sovrin katta ehtimol bilan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichga nasib etadi. Keyingi o‘rinlarda esa Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmannlarning nomlari tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Modrich bu yil “Real” bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi, Xorvatiya terma jamoasi safida Jahon chempionati finaliga qadar etib bordi. U o‘tgan oy FIFA talqini bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Qayd etish lozimki, bundan avvalro ispan OAVlari "Oltin to‘p"ni Antuan Grizmann olishi haqida xabarlar tarqatgan edi.
Fikrlar