
Manjukich yozda Podolskining o‘rnini egallashi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Mario Manjukich faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Aniqrog‘i, xorvatiyalik futbolchiga Istanbulning “Galatasaroy” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra bu tarnsfer agar “Galatasaroy” mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsagina amlga oshirilishi mumkin. Turk klubi Manjukichni yozda jamoani tark etadigan Lukas Podolskining o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Podolski Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Manjukichning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar