
Lopetegi: "Real" mavsum yakunida bayram qiladi, bunga ishonaman
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha La Liganing 10- turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (1:5) qarshi bahsda uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Natijadan ranjidim albatta. Lekin hozir endigina oktyabr va bizda hali kuch bor. Hali hammasini o‘zgartirish mumkin. Men futbolchilarimga ishonaman va jamoadagi ishimni davom ettirishimni his qilib turibman.
Bu juda uyatli mag‘lubiyat bo‘ldi, ammo biz undan qochishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadi, biroq Suares uchinchi golni kiritgach hammasi tamom bo‘ldi. Natija o‘yinning qanday o‘tganini aks ettirmaydi. Shubhasiz barcha mas’uliyat murabbiyga yuklanadi. Lekin, biz birgalikda g‘alaba qozonamiz va birgalikda mag‘lub bo‘lamiz. Mavsum yakunida “Real” bayram qilishiga ishonaman”, - deydi Lopetegi.
Fikrlar