Lopetegi Peres davridagi eng oz vaqt ishlagan ikkinchi murabbiy bo‘ldi

  • 30 oktabr, 2018, 07:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha oqshom Madridning “Real” klubi o‘zining bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste’foga chiqargani haqida ma’lum qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni bor yo‘g‘i 137 kun davomida boshqardi. Marca nashrining yozishicha bu Florentino Peresning prezidentlik davridagi ikkinchi ko‘rsatgich bo‘ldi. Boisi, 2004 yil “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan Xose Antonio Kamacho 117 kunlik faoliyatdan so‘ng o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, endi “Real”ni vaqtincha yoshlar jamoasi murabbiyi Santiago Solari boshqarib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!