
Leonardu Jardim Rossiya chempionatida ish boshlashi mumkin
Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi Massimo Karrera tez orada o‘z lavozimidan ozod etiladi.
Sport-Ekspress nashri tarqatgan xabarga ko‘ra moskvaliklar rahbariyati bu borada yakuniy qarorga kelib ulgurishgan. Unga ko‘ra jamoani vaqtincha Karreraning assistenti Raul Riancho boshqarib turadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Spartak” ushbu lavozimga yaqindagina “Monako”dan iste’foga chiqarilgan Leonardu Jardimni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Spartak” ketma-ket omadsizliklardan so‘ng Rossiya premer-ligasida jami 18 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar