Legionerga aylangan terma jamoamiz futbolchilari

  • 8 fevral, 2019, 21:02
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO
E’tiboringizga qaysi futbolchimiz qaysi klubga o‘tgani haqida qisqacha tahliliy ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
 
Ikrom Aliboev - "Lokomotiv" - "Seul" (Janubiy Koreya)
Ikrom Aliboev Toshkentning "Lokomotiv" klubida ajoyib mavsum o‘tkazdi. Uning Osiyo chempionlar ligasi 1-turida BAAning "Al-Vahda" jamoasiga maydon markazidan urgan goli turning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi. Keyin Aliboev yozda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U musobaqaning chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Aynan mana shu o‘yindagi harakatlari Koreyaning "Seul" klubi rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan shekilli, ular Aliboevga shartnoma taklif qilishdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi o‘tgan yilning 13 dekabr kuni "Seul" jamoasi a’zosiga aylandi.  
  
"K-liga" musobaqasiga mart oyida start beriladi. Ikrom Aliboev jamoasi 3 mart kuni "Poxang stilers" jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi. 
2fac1839c9f2338f2de164ac492d569090d70a60
Doston Tursunov - "Neftchi" - "Renofa Yamaguchi" (Yaponiya)
O‘tgan yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasining chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri, Farg‘onaning "Neftchi" klubi sardori Doston Tursunov o‘tgan yil 17 dekabr kuni Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. «Renofa Yamaguchi» Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi. Klub o‘tgan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-o‘rinni egallagan. 
 
Yaponiyaning "J2" ligasida yangi mavsum 24 fevralda boshlanadi. Shu kuni "Renofa Yamaguchi" jamoasi "Kashiva Reysol" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 
6331263f649c96d39e220feb3eef91285d5e134b
Sardor Rashidov - "Lokomotiv" - "Nasonal" (Portugaliya)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, "Lokomotiv" klubi hujumchisi Sardor Rashidov endilikda Portugaliyaning "Nasonal" jamoasi sharafini himoya qiladi. Rashidovga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo‘lganiga qaramay, u Evropa klubida o‘ynashga qaror qildi. "Nasonal" klubi shu yilning 16 yanvar kuni Sardor Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Terma jamoamiz hujumchisi "Nasonal"da 77-raqamda harakat qiladi. Ayni paytda Portugaliyada 20-tur nihoyasiga etdi. "Nasonal" klubi so‘nggi turda "Vitoriya Setubal"ga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Rashidov jamoasi 21-turda "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz aynan mana shu o‘yinda debyut uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.
91f450149b5059ef80bffb4f0c55b5b9b611518e
Ignatiy Nesterov - "Lokomotiv" - "Uhud" (Saudiya Arabistoni)
BAA yashil maydonlarida o‘tgan musobaqada o‘zining 5-Osiyo Kubogida ishtirok etgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Osiyodagi yagona futbolchiga aylangan Ignatiy Nesterov terma jamoamizning yuragi ekanini barchaga yana bir bor isbotlay oldi. Uning ishonchli harakatlari ko‘plab vaziyatlarda terma jamoamiz darvozasini muqarrar gollardan saqlab qola oldi. Nesterovning o‘yinlari nafaqat muxlislarda, balki Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasi rahbariyatida ham katta tassurot qoldirib, klub 27 yanvar kuni Nesterov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Nesterovning poyqadami omadli kelib, "Uhud" jamoasi u qatnashgan so‘nggi ikkita o‘yinda mavsum boshidan beri ilk marta ketma-ket ikkita g‘alabaga erishganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Shunga qaramay, "Uhud" jamoasi 19ta turdan keyin 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida boryapti.
c0386043581534c0b297eab673fc2f93dd6e9709
Rustam Ashurmatov - "Bunyodkor" - "Gvangju" (Janubiy Koreya)
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan "Bunyodkor" a’zosi Rustam Ashurmatov yangi mavsumni Janubiy Koreyaning ikkinchi divizioni vakili "Gvangju" tarkibida boshlaydigan bo‘ldi. "K liga 2" musobaqasida yangi mavsumga mart oyida start beriladi. Rustam Ashurmatov jamoasi "Seoul E-Land" jamoasiga qarshi o‘yin bilan mavsumni boshlaydi.
af8288caa36bbbfffde3f333e24e6e1c8848da22
 
Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
08/02/2019 21:36
Омадларини берсин.
Энди хадеб Корея ва Араб диёрига эмас,Европа томон йул олишни йулга куйишса яхши булиб кетади.
Туркия,Австрия,Чехия,Словакия,Сербия,Россия,Украина чемпионатлари хам савия жихатидан ёмон эмас
&
Машарипов европага кетаман деганди
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
22/05/2019 11:13
To'g'ri