
Kurtua "Chelsi"ni tark etsa, uning o‘rnini kim egallaydi?
Londonning “Chelsi” klubi “Everton” hamda Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikfordni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 24 yoshli kiper Tibo Kurtua “aristokratlar” safini tark etsa, uning o‘rniga taklif etiladi.
Zaxira varianti sifatida Kasper Shmeyxel (“Lester Siti”) hamda Jek Batlend (“Stok Siti”)lar ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘z navbatida “irislar” ham Pikfordni jamoada olib qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi aytilmoqda.
Fikrlar