
Jasur va Bekzod bugun ringga ko‘tariladi
Filippinning Janubiy Kotabato viloyatida bugun professional boks kechasi tashkil etilishidan xabaringiz bor.
Mazkur musobaqada ikki hamyurtimiz Jasur Ahmadjonov (6-0-1) hamda Bekzod Tursunboev (1-0-0) ringga ko‘tariladi.
Jasur o‘zining navbatdagi jangini filippinlik Nelson Tinampayga (12-7-1) qarshi o‘tkazadi. Yosh bokschimiz Bekzod esa o‘zining ikkinchi jangida mezbon sportchi Ryan Maano (3-8-2) bilan ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Jasur va Bekzoddan tashqari boks kechasida iste’dodli bokschimiz Ulug‘bek Sobirov ham ringga chiqadi.
Fikrlar