
Jardim "Monako"ga qanday shart evaziga qaytgani ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor bundan avvalroq Leonardu Jardim 3 oylik tanaffusdan so‘ng yana "Monako"ga qaytgani haqida xabar bergan edik.
Todomercadoweb tarqatgan xabarga ko‘ra 44 yoshli portugaliyalik mutaxassis monakoliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi esa 4 mln evroni tashkil etadi.
Qayd etish lozimki, “Monako” hali Jardimga bundan avvalgi u bilan tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun 8 mln evro tovon puli ham to‘lashi kerak.
Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionati musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar