
Jardim APLda ish boshlashi mumkin
Angliyaning "Lester" klubi "Monako"ning sobiq ustozi Leonardu Jardimga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda TF1 xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “tulkilar” rahbariyati jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi Klod Pyuelning ishlaridan qoniqish xosil qilmayapti. Shu bois uning o‘rniga aynan portugaliyalik mutaxassisni jalb etishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Lester” APLda o‘tgan 23 tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar