
Hamidjon Aktamov: "Bunyodkor" ustidan g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi...
Xabaringiz bor kecha PEPSI Superliga 16-tur uchrashuvlari doirasida “Bunyodkor” “Qizilqum” ustidan 2 ta to‘p farqi bilan zafar quchdi. O‘yindan so‘ng navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirdi:
- O‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolar sabab gol o‘tkazib yubordik. Agar yuzaga keltirgan qulay imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimizda, balkim yutishimiz ham mumkin edi. “Bunyodkor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib bugun biz xato qilishimizni sabr bilan kutdi va yakunda xatolarimizni jazoladi. Bugun balkim tanaffusdan keyin ilk marta o‘ynaganimiz sababli ham mag‘lub bo‘lgandirmiz. Endi qolgan o‘yinlarda mazmunli o‘ynab, chempionatda kuchli oltilikka kirishga hamda kubokda imkon qadar uzoqroqqa borishga harakat qilamiz, - dedi tajribali murabbiy.
Fikrlar