
Gadoev antiqahramonga aylandi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan K Liga-2 da 14-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat olib boradigan “Tedjon Sitizen” klubi o‘z maydonida “Gvangyu”ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gadoev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 51-daqiqada hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Bu vaqtda bellashuvda hali hisob ochilgani yo‘q edi.
85-daqiqada Kim Sen Seop mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, g‘alabani ushlab qolish ularga nasib etmadi. Jamoa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib yubordi va alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Bugungi natijadan so‘ng “Tedjon” jamg‘argan ochkolar soni 16 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
K Liga-2. 14-tur
“Tedjon Sitizen” – “Gvangyu” 1:2.
Fikrlar