
Fozil Musaev: Futbolchilarning ishtiyoqi baland
"Birinchi kun ajoyib tarzda o‘tdi. Parvoz biroz toliqtirganiga qaramay, hamma yaxshi kayfiyatda. Bizga yaratligan barcha sharoitlar a’lo darajada deb aytish mumkin. Ayniqsa, bunday ob-havoda futbol o‘ynash juda qulay. Haddan ziyod issiq ham emas, sovuq ham emas.
Mashg‘ulotlarda mazza qilib harakat qildik. Birinchi kun mashg‘ulotlari odatda engil tarzda o‘tadi. Terma jamoada ajoyib muhit hukmron. Barcha bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor.Maydonga faqat g‘alaba uchun tushishamiz", - deya aytib o‘tdi Fozil Musaev.
Manba: O‘FA
Fikrlar