
Chempion Sher Mamazulunov 20 aprel kuni ringga chiqadi
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Sher Mamazulunov nihoyat yana ringga qaytmoqda. U so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida TNA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan TATNEFT kubogida ringga chiqib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Bu yil ilk jangini esa 20 aprel kuni Moskvada Yuriy Stupenkov xotirasiga bag‘ishlangan “ASV KV-15” turniri doirasida o‘tkazadi. Mazkur kechada 13 ta professional jang bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda (-85 kg) belaruslik kikboksing ustasi Igor Bugaenko rossiyalik taybokschi Artem Levin bilan “ACB KB” chempionligi uchun kurash olib boradi.
85 kg vaznda Sher Mamazulunov andekart janglarida ishtirok etadi. Uning ushbu jangdagi raqibi rossiyalik Ruslan Kostin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: TNA qoidalari bo‘yicha TATNEFT kubogi – aralash yakkakurash jang san’ati: kiokushinkay, muay tay va kikboksing. Turnirda sportchilar piramida tizimida qo‘yib chiqaladi. Unda 48 sportchi uch vazn - 70, 80 kg va +80 kg toifalari ringga chiqishadi. Jang mavsumida - 1/8 final, 1/4 final, yarimfinal va final bo‘ladi. G‘olib TNAning asosiy mukofoti –chempionlik kamari, neft vishkasi ko‘rinishidagi kubok va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Buning uchun jangchilar barcha to‘rt bosqichda g‘alaba qozonishi shart. Janglarda nokdaun yoki nokaut qayd etilishi mumkin. Shuningdek, to‘rtinchi qo‘shimcha raund orqali ham aniqlashini mumkin.
Fikrlar