
"Chelsi" Azarning narxini yana oshirdi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azarni qo‘yib yubormoqchi emas.
Belgiyaning HLN portali tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” 27 yoshli futbolchi uchun 225 mln evro talab qilishmoqda. Ta’kidlash kerakki, ayni damda Azar uchun “Real” hamda “Barselona” klublari jiddiy kurash olib borishmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Chelsi” Azarning transfer narxini 170 mln evro deb e’lon qilgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar