
Bugun “Nasaf” ko‘k, “Qizilqum” oq liboslarda o‘ynaydi
Bugun “Nasaf” Pepsi Superliganing qoldirilgan 14-tur uchrashuvini “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Qarshidagi “Markaziy” stadionida soat 21:00da boshlanadi.
Bugun o‘yin oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig‘ilish (miting) bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish “Markaziy” stadionda tashkil etildi. Unda uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek jamoalar bugun qanday liboslarda maydonga tushishi ham aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra, qarshiliklar bugun ko‘k liboslarda maydonga tushadi. “Qizilqum” jamoasi esa oq liboslarda harakat qilishadi.
Fikrlar