
Bilasizmi? Ignatiy Nesterov 5ta Osiyo kubogida ishtirok etgan qit’adagi ilk futbolchiga aylanishi mumkin
O‘zbek futbolining ikki afsonasi - Server Jeparov va Ignatiy Nesterov shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 4ta Osiyo Kubogida ishtirok etishgan.
E’tiborlisi, Ignatiy Nesterov 2019 yil yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan musobaqada qatnashib, 5ta Osiyo Kubogida qatnashgan qit’adagi ilk futbolchiga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli posbon terma jamoa sharafini 2002 yildan buyon himoya qilib kelmoqda va shubhasiz futbolimiz tarixidagi eng yaxshi darvozabon hisoblanadi.
Fikrlar