Abdulhay Shorahmatov “Uzbek Tigers”ga dastlabki g‘alabani olib keldi

CHERY AUTO


Barchamizga ma’lumki, ayni damda "O‘zbekiston" sport majmuasida davom etayotgan "Uzbek Tigers" vs "Patriot Boxing Team" jamoalari o‘rtasidagi janglarning birinchisida 56 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarildilar.

Ilk daqiqalarda har ikki bokschilar ancha ehtiyotkorlik bilan jangni boshlashdi, biroq raund so‘nggida esa Abdulhay biroz faollikni oshirib, keyingi ham buni qisman davom ettirdi.

Uchinchi raundda biroz tenglik hukmronlik qilgan bo‘lsa, to‘rtinchi raundda rus bokschisining ustunligi sezildi.

Hall qiluvchi so‘nggi raundda esa Abdulhay aniq zarbalari bilan g‘alaba qozondi. Shunday qilib, bugungi boks kechasida ilk g‘alabani rasmiylashtirdi. 50:45, 50:45, 50:45.

Tecno

>>> Matnli onlayn translyatsiya

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!