12 tasi ketadi: “Manchester Yunayted” butun jamoadan voz kechishga tayyor!

  • 6 may, 2024, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” bu mavsum Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmaydi. Klub rahbariyati yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi haqida ko‘p ma’lumotlar tarqatilmoqda.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, klub xo‘jayinlari 12 nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatida Markus Reshford, Brunu Fernandesh, Antoni, Jeydon Sancho, Harri  Maguayr, Andre Onana, Kazemiro, Skott Maktominey, Meyson Grinvud, Antoni Marsyal, Rafael Varan, Sufyon Amrabat bor.

Bu futbolchilardan ayrimlarining klub bilan shartnomasi tugayapti, ba’zilari boshqa klublarga ijaraga jo‘natilgan, qolganlari transferga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!