
Ruslan Abdullaev: "Endigi maqsadim - Olimpiadada chempion bo‘lish"
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etdi.
-63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev mo‘g‘ulistonlik Baatarsux Chinzorigga qarshi ringga ko‘tariladi.
Uchinchi raundda Ruslanning ustunligi qayd etildi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 hamyurtimiz foydasiga.
Ruslan jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Muhimi, jahon chempioni bo‘ldim! Butun O‘zbekiston xalqiga katta rahmat aytaman: Qo‘llab-quvvatlaganiga, onamga, barcha barchaga rahmat! Endigi maqsadim Olimpiadada chempion bo‘lish.
Bugungi jangdan qoniqdim, yaxshi ishladim. Murabbiylarim aytgan taktika bo‘yicha ishladim va g‘alaba qozondim.
Jangdagi taktika haqida gapiradigan bo‘lsam, mazkur to‘qnashuvda yaqin masofada urishdim. Taktikaning atigi 50 foizini qo‘llay oldim. Raqibim ham juda kuchli sportchi edi.
Bu chempionatdagi eng qiyin jangim kecha bo‘ldi", - dedi Abdullaev.
Fikrlar