
"CAFA Futsal Cup 2023". O‘zbekiston Turkmanistonni ishonchli tarzda mag‘lub etdi
"CAFA Futsal Cup 2023" 3-turidan o‘rin olgan Turumaniston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida qo‘shnilardan ustun keldi.
Termamiz safida gollarga Ropiev, Usmonov hamda Hamroev mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz o‘tgan turda Afg‘onistonga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar
Ахир афгонга 3:4 га ютказдикку!!!