
Zaur Abdullaev: "Muhlislar bizga shisha uloqtirishdi"
"RCC Boxing Promotions" promouterlik kompaniyasi bokschisi rossiyalik Zaur Abdullaev Argentinada yuz bergan mojarolar haqida aytib o‘tdi.
"Xuan Xaver bilan 19 oktyabr kuni Argentinada jang qildik. Bahs juda qizg‘in kechdi. Natija e’lon qilingandan so‘ng, biz g‘alabani nishonlay boshladik. Ammo bu mahalliy muxlislarga yoqmadi shekili... Yaqin o‘tirganlarning 15-20 foizi bizga shisha uloqtira boshladi. Arenada taxminan, 20 daqiqa shunday to‘s-to‘polon bilan o‘tdi. Ammo keyin ko‘pchilik tomoshabinlar bizni qo‘llab-quvvatladi ! Qarsak chalib, jangdan keyin ko‘p yaxshi narsalarni yozishdi, o‘z xalqi uchun kechirim so‘rashdi. Menimcha, janjal ko‘targanlarning barchasi ishkilikdan mast bo‘lgan bezorilar bo‘lgan", - dedi Abdullaev.
Eslatib o‘tamiz, Zaur Abdullaev 12-raundda mezbonlar vakili Xuan Xaver Karraskoni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar