Shavkat Salomov: "Finalda yutqazgan bo‘lsak-da, mukofot pullari berildi"

  • 1 noyabr, 01:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

29 oktyabr kuni Andijondagi “Bobur arena”da bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalida “Paxtakor” “Buxoro”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

O‘yin oxirlarida buxoroliklarning goli hisobga olinmadi va hakamning qarorlari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Sports.uz jurnalisti “Buxoro” bosh direktori Shavkat Salomovdan Kubok finalidagi o‘yin bo‘yicha intervyu oldi.

- Kubok finalidagi o‘yin borasidagi taassurotlaringiz qanday?

- Dastlabki 10-15 daqiqasini hisobga olmaganda yaxshi o‘yin bo‘ldi. 15 daqiqadan keyin futbolchilar umuman boshqa futbol ko‘rsatdilar. Jamoamiz kundan-kunga yaxshi o‘yin namoyish qilayotganidan xursandman. Biz deyardi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynadik. Ularni zaxirasida ham hatto terma jamoa o‘yinchilari bor. O‘yinchilarimiz qilgan mehnatlari uchun katta rahmat. Rahbariyat “Buxoro” klubini har tomonlama qo‘llayapti va bizni muammoimiz yo‘q. Hech qanday qarzimiz ham yo‘q. Viloyatimiz hokimi Botir Komilovich Zaripovga alohida rahmat. Kubok finalidan oldin o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib futbolchilarga omad tilab, ruhlantirdi. Yutqazgan bo‘lsak ham mukofot pullarini berdilar. Shu o‘rinda rahbarlarimizga - vitse-prezidentimizga, shuningdek, Akbar Alisherovich va Baxtiyor Alisherovichga ham katta rahmat. Ular jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Biz o‘yin bo‘yicha umuman yutqazmadik. Jamoamiz asosan bitta tarkib bilan o‘ynamoqda. Aleksandr Xomyakov ham rahmat. Og‘ir vaziyatda bo‘lsa-da, jamoani qabul qilib oldi. Murabbiy jamoani men yig‘maganman, unisi kuchli yoki kuchsiz deb aytgani yo‘q. Ko‘p murabbiylarni ko‘rganman. Aksariyati jamoani qabul qilib olgach, natija o‘xashmasa bu klubni men to‘plaganim yo‘q deyishadi. Xomyakov esa bu borada bir og‘iz ham indagani yo‘q.

- “Buxoro”ning goli hisobga olinmagan vaziyatga nima deya olasiz?

- Nima deyishni ham bilmayman. O‘sha vaziyatni ko‘rish uchun 7 daqiqa vaqt ketdi, bu juda ko‘p. Raqib o‘yinchisini qo‘polligi uchun meni fikrimcha, 100 foizli qizil kartochka  edi. O‘zbekiston Kubogi finalini unga ishonib topshirishgan. U bosh hakam, adolatli ishlashi kerak. Qizil kartochkali vaziyatni 3 daqiqadan ko‘proq ko‘rdi, gol urilgan holatni esa 7 daqiqa ko‘rdi. “Buxoro” tarixga kirishi kerak edi. Hakamlar ishini nazorat qiladigan ekspertlari bor. Biz finalga munosib ravishda chiqdik va hal qiluvchi uchrashuvda ham munosib o‘ynadik.  

- O‘yindan keyin hakam ustidan shikoyat arizasi yozmadinglarmi?

- Yo‘q, yozmadik. Muxlislarimizga katta rahmat. Ular shuncha yo‘l bosib kelib tinmay qo‘llab-quvvatlashdi.

- Asosiy e’tibor yana chempionatga qaratiladi. “Buxoro”ni Superligadagi holati u qadar yaxshi emas. Kubok finaladiga mag‘lubiyat ruhiy tarafdan ta’sir qilmasmikin?

- Futbolchilar professional bo‘lishi kerak. Bu - futbol. Ularni ishi maydonga chiqib to‘p surish. Yutqazadimi-yutadimi, hamisha o‘z ishiga professional yondashish kerak. Chempionat o‘yiniga ta’sir qilmasligi kerak. Baribir istaymizmi-yo‘qmi, qancha asab, energiya ketdi, jaxl chiqdi, o‘ziga yarasha ta’sir qilishi mumkin. Jarohat olsa tezroq tuzalishi mumkin, biroq ruhiy tomonlama tuzatish qiyin, vaqt kerak. Biz o‘yinchilarimizga ishonamiz. Ular oxirigacha kurashishadi. Muhimi, finalni unutishimiz lozim. Qancha tez unutsak shuncha yaxshi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!