
Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz final yo‘lida bir qator nomdor raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq oltin medal uchun bellashuvda yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Ryoma Tanakaga qo‘shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar