
"Yuventus"ning asosiy himoyachisi "Lokomotiv"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi
"Yuventus" klubi himoyachisi Matteys de Ligt ertaga Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Gap shundaki, 20 yoshli gollandiyalik futbolchida to‘pig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘lganligi sabab “keksa sinora” murabbiylar shtabi uni Moskvada bo‘ladigan uchrashuv qaydnomasiga kiritishmadi.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Yuventus" uchrashuvi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar