“Yuventus”ga bu yulduz kerak emas

  • 9 mart, 2022, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati jamoa yulduzi Paulo Dibala bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda Calciomercato sayti.

Tecno

Tomonlar anchadan beri maosh masalasida kelisha olmayapti. O‘tgan yil oxirida klub mutasaddilari Paulo Dibalaga taklif qilgan maosh ma’qul kelgan edi. Biroq, oradan hech qancha o‘tmay ular beriladigan mablag‘ni pasaytirmoqchi ekani argentinalik hujumchiga yoqmadi.

Klub rahbariyati va Dibalaning agentlari 10 mart kuni navbatdagi muzokaraga yig‘ilmoqchi edi. Lekin “Yuventus” bu harakatlarni to‘xtatib qo‘ydi.

Dibala mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. To‘purarga “Barselona”, “Atletiko” va “Inter” kabi jamoalardan jiddiy takliflar bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!