
"Yuventus" sardori ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi
“Yuventus” ertaga 2 dekabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Dinamo” Kievga qarshi o‘tkazadi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar himoyachisi Jorjo Kellini chap oyoq son mushaklaridagi jarohat sabab ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi. U mashg‘ulotlar paytida sonida og‘riq his qilgani aytilmoqda.
36 yoshli Kellini noyabr oyi boshida olgan jarohatidan endigina sog‘aygan edi. U joriy mavsum “Yuve” safida 4 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar