"Yuventus" "Real" yulduzi uchun kurashga qo‘shildi
Turinnning "Yuventus" klubi "Real" yarim himoyachisi Isko uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Yuve" ispaniyalik futbolchiga uzoq yillik shartnoma tayyorlamoqda. Isko xizmatiga "Milan" va APLning bir nechta top klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Madridliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmayapti. Qolaversa, jamoaning yangi murabbiyi Karlo Anchelotti ham Iskoni qo‘yib yuborishga qarshi emas.
2020/21 yilgi mavsumda xavbek 25ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilgan. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar