“Yuventus” “otaxon”ga yana imkon beradi

  • 4 iyun, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati jamoaning tajribali himoyachisi Jorjo Kelliniga yana bir yillik shartnoma taklif qiladigan bo‘ldi.

Tecno

36 yoshli futbolchi 16 yildan beri turinliklar sharafini munosib himoya qilib kelmoqda va faoliyatini aynan mana shu klubda yakunlashni orzu qilyapti. Buni to‘g‘ri tushungan rahbarlar u bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi. Shartnomaning moliyaviy tomonlari sir tutilmoqda.

Kellini “Yuventus” safida A Seriyada jami 372 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 24 ta to‘p kiritib, jamoadoshlariga 17 ta golli pas uzatgan.

Tajribali himoyachi kelasi yili yozda o‘z faoliyatini yakunlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!