"Yuventus" Manjukichning narxini e’lon qildi

  • 26 may, 2019, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukich bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda A Seriya chempioni 33 yoshli futbolchisini 15 mln evro evaziga sotib yuborishi mumkin. Unga esa “Borussiya” Dortmund va Xitoy klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Biroq, Manjukich masalasidagi so‘nggi qarorni jamoaning yangi bosh murabbiyi qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, Manjukich joriy mavsum “Yuventus” safida jami 33ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!