"Yuventus" safida braziliyalik futbolchilar soni yana bittaga ortishi mumkin
Frantsiyaning "Lill" klubi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyanesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Yuventus"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq Magalyaneshga "Real", "Arsenal" va "Everton" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gabriel Magalyanesh joriy mavsum “Lill” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar