Yaxshi o‘ynamasang, “uchasan”!

  • 24 avgust, 2022, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” murabbiylar shtabi va rahbariyati ishonchini oqlay olmagan frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann sobiq jamoasi “Atletiko”ga ijaraga berib yuborilgan edi.

Tecno

Madrid klubida bu futbolchini 40 million evroga to‘liq transfer qilish huquqi bor. Lekin “Atletiko” xo‘jayinlari hozir Grizmanning holati bu summaga umuman to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlamoqda.

Yaqinda ular Grizmann bilan kelajagi borasida suhbat o‘tkazdi. Rahbariyati tajribali forvarddan voz kechmoqchi emas. Lekin ular Antuandan o‘yinini tubdan yaxshilashni talab qilmoqda.

Agar Grizmann buning uddasidan chiqa olmasa, klub mavsum oxirida u bilan xayrlashadigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!