
Yaxshi futbolchi bu jamoani tanlamaydi!
“Manchester Yunayted” afsonalaridan Roy Kin ayni paytda “Tottenxem” yuqori saviyadagi o‘yinchilarga xaridor bo‘la olmasligini ta’kidladi.
Kuni kecha “Tottenxem” futbolchilari “Chelsi”dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Antonio Konte o‘z jamoasiga yuqori saviyali o‘yinchilar etishmaganini aytib, katta transferlar vaqti kelganini uqtirgandi.
- Hamma gap shunda – qaysi top o‘yinchi “Tottenxem”ga o‘tishga rozi bo‘ladi? Ayniqsa, yanvarda. Agar ular Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, yozda ham hech kim kelmaydi. Bosh murabbiyning o‘zi zo‘r bo‘lishi mumkn. Lekin u ham eng yaxshi variantda shartnomasi tugagunicha “Tottenxem”da qoladi.
Agar ular katta futbolchilar uchun pul tiksa ham, “Tottenxem”ga zo‘r o‘yinchilar umuman kelmaydi, - dedi Roy Kin.
Fikrlar